20:25 / 11.09.2015
3479

”Turk oqimi” gaz quvuri loyihasi bo‘yicha muzokaralar muzlatib qo‘yildi

Rossiya va Turkiya ”Turk oqimi” gaz quvuri loyihasi bo‘yicha muzokaralarda Turkiyada hanuzgacha yangi vazirlar mahkamasi shakllantirilmagani bois oldinga siljiy olishmadi. Bu haqda Turkiyaning Hurriyet nashriga intervyuda Turkiya energetika va tabiiy zaxiralar vaziri Saif Sodiq Oytegin aytib o‘tdi. 

“Ayni paytda biz muzokaralar jarayonida oldingi siljiy olmayapmiz. Rossiya “Gazprom” va Botas kompaniyasi o‘rtasida gaz uchun chegirmalar bo‘yicha muzokaralarni davlatlar orasidagi murosa sifatida belgiladi. Turkiyada iyundagi saylovlardan keyin turk hukumatini shakllantirishdagi muvaffaqiyatsiz urinishlar tufayli ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralar yakunlanmadi, balki faqatgina to‘xtatib qo‘yildi”, deb aytdi Oytegin.

Oytegin Turkiya gaz bo‘yicha kelishuvda murosa sifatida gazga chegirma taqdim qilinishini ko‘rib chiqishni istamayotganiga qaramasdan, davlatlar o‘rtasida ishonchsizlik yo‘qligini aytdi.

Top