12:17 / 11.09.2015
3031

AQSh razvedkasi xitoylik xakerlarga qarshi kurash choralarini kuchaytirmoqchi

Amerika josuslik xizmati AQSh hukumatini kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirish va Xitoydan bo‘ladigan xakerlik hujumlariga chek qo‘yishga chaqirdi. Bu haqda AQSh Milliy razvedka xizmati direktori Jyeyms Klepperga asoslanib, Reyter nashri xabar tarqatgan.

"Xitoylik kiberjosuslar Amerikadagi obektlarga hujum qilishda davom etmoqda", deydi Klepper.

Manbalarda aytilishicha, Obama ma'muriyati Xitoydagi tegishli shaxslar va tashkilotlarga sanksiyalar qo‘llash rejalarini ko‘rib chiqmoqda.

Bundan oldinroq, Klepper xitoylik xakerlar AQShning kiberxavfsizligini katta xavf ostida qoldirishgani haqida ma'lum qilgandi.

Top