16:39 / 11.09.2015
2214

Daniya qochqinlarni kvotali tizimda qabul qilishdan bosh tortdi

Daniya 160 ming qochqinni joylashtirish uchun kvota asosida taqsimlashda ishtirok etmoqchi emas, deya xabar berdi juma, 11 sentabr kuni Ritsaus agentligi.

“Biz 160 ming muhojirdan bir qismini ham qabul qilmaymiz. Bunga ikki sabab bor: qisman, chunki biz buni buni yuridik nuqtai nazardan rad etishimiz mumkin va qisman, chunki biz allaqachon o‘z qismimiz (qochqinlar)ni qabul qilib bo‘ldik”, – deya Integratsiya va immigratsiya masalalari bo‘yicha vazir Inger Steynberg so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

O‘tgan 2014 yilda Daniyadan 14 mingdan ziyod kishi boshpana so‘ragan edi. Bu yil esa ushbu raqam 20 mingdan ortishi mumkin.

Chorshanba kuni Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga majburiy kvota asosida yaqin ikki yilda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlaridan 160 ming qochqinni qabul qilib olishni rasman taklif qilgan edi.

Top