02:45 / 11.09.2015
2576

Jorjye Mendesh de Xeaning yangi shartnomasi borasida kelishuvga erishish uchun Manchesterga yetib keldi

“Manchester Yunayted” darvozaboni David de Xea klub bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor turibdi, deb xabar bermoqda The Daily Mail.

Ispaniyalik darvozabonning agenti Jorjye Mendesh bugun (10 sentabr) Lui van Gal hamda klub rahbariyati bilan shartnoma haqida kelishib olish uchun tashrif buyurdi. David de Xea hamda uning oila a'zolari ham mahalliy soat 15:00da klub bazasiga tashrif buyurdi.

Yozgi transfer vaqtida “Real Madrid” tarkibiga o‘tish vaqtida transferi amalga oshmay qolgan darvozabonga Ed Vudvord hamda Lui van Gal yilliga 4 million funt maosh taklif qilmoqchi. 

Top