02:21 / 11.09.2015
6520

KUN.UZ dayjesti: 10 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 10 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

Apple 3D Touch boshqaruv sistemasiga ega bo‘lgan iPhone 6S va 6S Plus smartfonlarini taqdim etdi>>

Apple kompaniyasi yangi boshqaruv sistemasi bo‘lgan 3D Touch’ni qo‘llab-quvvatlaydigan iPhone 6S va 6S Plus smartfonlarini taqdim etdi.

Foto: GM Uzbekistan "Ravon" brendi ostida ishlab chiqarilgan dastlabki avtomobillarni sotuvga chiqardi>>

GM Uzbekistan korxonasi "Ravon" brendi ostida ishlab chiqarilgan dastlabki avtomobillarni sotuvga chiqardi.

Oq uy: AQSh Rossiyaning Suriyaga harbiy yordam berishidan norozi>>

Oq uy matbuot xizmati vakili Erik Shultsning ma'lum qilishicha, AQSh Rossiya tomonidan terrorizmga qarshi faol ravishda kurash olib borilishini ma'qullaydi, lekin bu davlatning Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llashini va Suriyaga qurol yetkazib berilishini yoqlamaydi.

Lavrov Suriyada rossiyalik harbiylar borligini tasdiqladi>>

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rossiyalik harbiylarning Suriya hududiga joylashtirilgani haqidagi ma'lumotlarni tasdiqladi.

Poroshenko va Putin 2 oktabr kuni Parijda uchrashadi>>

“Normand to‘rtligi” mamlakatlari yetakchilari Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya rahbari Fransua Olland va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 2 oktabr kuni Parij shahrida uchrashib olishga kelishishdi.

Lukashenko prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tdi>>

Belarus markaziy saylov qo‘mitasi amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenkoni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga oldi

Qirg‘izistonning sobiq rahbari Usubaliyev vafot etdi>>

Qirg‘izistonning ko‘zga ko‘ringan davlat arbobi Turdaqun Usubaliyev olamdan o‘tdi.

O‘zbekiston Sankt-Peterburgdagi o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionatida medallar soni bo‘yicha ikkinchi bo‘ldi>>

Kecha, 9 sentabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Peterburgskiy” sport-konsert kompleksida bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi X jahon chempionatining chorak final bahslari o‘tkazildi.

Iroq bosh vaziri hukumatning 123 nafar mansabdor shaxsni o‘z lavozimidan bo‘shatdi>>

Iroq bosh vaziri Haydar Al-Obodiy 123 nafar vazirlar o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarni o‘z lavozimidan bo‘shatdi.

Toshkentda “Toza havo” operatsiyasining ikkinchi bosqichiga start berildi>>

10 sentabrdan poytaxtimizda “Toza havo” operatsiyasining ikkinchi bosqichiga start berildi.

Rustam Assakalov – jahon chempionati kumush medal sohibiga aylandi>>

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Rustam Assakalov AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida 85 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritib, mazkur sport turi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining ilk olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.





Top