02:19 / 11.09.2015
4854

Odil Ahmedov: "Menga O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng tezkor golni urganimni aytishdi"

“Krasnodar” yarim himoyachisi Odil Ahmedov O‘zbekiston terma jamoasining 2018 yilgi jahon chempionati saralash uchrashuvida Filippinga qarshi kechgan bahsning ilk daqiqasida kiritgan tezkor goliga izoh berdi.

“Men bunday vaqtda golni birinchi marotaba urdim. Biz ilk soniyalardan boshlab raqibga yuqori pressing qildik. Raqib maydonida to‘pni ulardan olib qo‘ydik, so‘ngra to‘pni men qabul qilib oldim va zarba berishga qaror qildim. Darvozabon buni kutmagani sababli biz hisobda oldinga o‘tib oldik. Uchrashuvdan so‘ng menga O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng tezkor golni urganimni aytishdi”, – dedi Odil Ahmedov.

Shuningdek, futbolchi o‘zining terma jamoa sardori bo‘lganligiga izoh berdi.

“Avval men ikkinchi sardor edim. Biroq yaqinda terma jamoamiz yangi murabbiy qo‘l ostida ishlay boshladi va u jamoa sardori saylovini o‘tkazishga qaror qildi. Yigitlar menga ovoz berib, menga nisbatan ishonch bildirishdi. Endi ularning ishonchini oqlashga harakat qilaman”, – O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi.

Top