09:35 / 11.09.2015
10396

O‘zbekistonda paxta teruvchi mashinaning yangi turi yaratildi

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi M. T. O‘rozboyev nomidagi mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti xodimlari vertikal shpindelli paxta teruvchi apparat ishlab chiqishdi.

Taklif qilingan apparatni qishloq xo‘jaligi mashinasozligida qo‘llash mumkin. Uning vazifasi yuqori agrotexnik ko‘rsatkichlarga ega samarador paxta terishni yo‘lga qo‘yishdir.
O‘zbekiston intellektual mulk agentligining ma'lum qilishicha, mualliflar bu qurilmani patenlash uchun IAP 2014 0076 raqamli murojaatnoma yo‘llagan.

Eslatib o‘tamiz, 2012 yildan O‘zbekistonning ayrim korxonalarida paxta terish mashinalari ishlab chiqarila boshlangan edi.

Top