09:28 / 11.09.2015
3872

Rossiyalik fotograf Instagram’dan grant oldi

Pskovlik suratkash Dmitriy Markov Instagram ijtimoiy tarmog‘i va Getty Images fotoagentligidan 10 ming dollar miqdorida grant yutib oldi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma'lum qildi.

“Ikki yil muqaddam men o‘zim uchun akkaunt ochgan edim, ammo bu mening eng sevimli loyihalarimdan biriga aylanishini o‘ylab ham ko‘rmagan edim. Akkauntimni kuzatib borganlarga minnatdorchilik bildiraman, bu menga motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. Hozir bu motivatsiyaga Getti va Instagramning qo‘llab-quvvatlashi ham qo‘shildi. Bu imkoniyat uchun tashakkur”, - deb yozdi ijodkor o‘z sahifasida.

Aytilishicha, fotograf bu pullarni Rossiyadagi yetim bolalar muammolarini yoritishga sarflamoqchi.

Top