10:50 / 11.09.2015
2096

Singapurda boshlangan parlament saylovlarida ishtirok etmagan fuqarolar ma'muriy javobgarlikka tortiladi

Bugun, 11 sentabr kuni Singapurda respublikaning bir palatali parlamentiga saylovlar boshlandi. 89ta deputatlik o‘rni uchun 10ta partiya vakillari kurash olib bormoqda. Eng ko‘p ovoz to‘plagan partiya mamlakat bosh vaziri nomzodini ilgari sura oladi.

Mamlakat tarixida ilk marotaba saylovlar shanba emas, balki juma kuni tashkil etilib, fuqarolarga uzoq ta'til taqdim etildi.

Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan 20:00ga qadar ishlaydi, dastlabki natijalarni esa saylov tugaganidan bir necha soat o‘tib e'lon qilish rejalashtirilgan. Bu yili 2,46 million saylovchi ovoz beradi. Mahalliy qonunchilika binoan, saylovlarga faqatgina 21 yoshga to‘lgan mamlakat fuqarolari ishtirok eta oladi. Shu bilan birga, ovoz berish majburiy bo‘lib, ishtirok etmagan saylovchilar ma'muriy javobgarlikka tortiladi.

Mamlakat tashkil topgan 1965 yildan buyon hukumatni boshqarib kelayotgan Xalq harakati partiyasining yetakchilik qilishi taxmin qilinmoqda. Uning bosh kotibi amaldagi bosh vazir Li Syan Lun hisoblanadi. Asosiy qiziqish esa muxolifatdagi Ishchi partiyaning parlamentda qancha o‘ringa ega bo‘lishiga qaratilgan. 2011 yilgi saylovlarda mazkur partiya rekord natija qayd etib, 6 mandatga ega bo‘lgan edi.

Top