09:01 / 12.09.2015
4297

AQSh generali Dempsi: NATO bir vaqtda Rossiya va “IShID”ga e'tiborini mujassamlashtira oladi

AQSh Qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi raisi general Martin Dempsi NATO o‘zining bor e'tiborini “alyans oldida turgan ikkita muammo” – Rossiya va “IShID” terrorchilik guruhiga mujassamlashtira olishini ma'lum qildi. U bu haqda Pentagon matbuot xizmatida aytib o‘tdi.

“NATOda bir vaqtning o‘zida alyans oldida turgan ikkita muammo – Rossiya va “IShID”ga qarshi e'tiborni mujassamlashtira olish imkoniyati mavjud. Rossiya harbiy salohiyatidan foydalana oldi va agar unda alyansga ziyon yetkazish istagi bo‘lganda, unda u buni amalga oshirishga qodir bo‘lardi. NATO ikkala muammo bilan bir vaqtda ish ko‘ra oladigan yetarlicha katta, yetarlicha ta'sirga ega va yetarlicha barqaror tashkilotdir”, deb aytmoqda Dempsi.

Biroq shunga qaramay, Dempsining aytishicha, hozirda NATO “e'tiborini ma'lum muddat bir muammoga qaratib, keyin boshqasiga yana muayyan muddatga e'tiborini qaratmoqda”.

“Biz ikkala xavfni ham uzoq vaqt davomida kuzata olishimiz kerak”, deb aytdi hozirda Turkiyada bo‘lgan general.

Top