18:42 / 12.09.2015
8583

Marina Poroshenko yarim millionlik sumkasi haqida so‘zlab berdi

Ukrainaning birinchi xonimi Marina Poroshenko avvalroq qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan narxi yarim million ukrain grivna (taxminan 23 ming dollar) bo‘lgan sumkasi haqida so‘zlab berdi, deya xabar bermoqda TSN.

“Unutilgan ajdodlar soyasi” filmi premerasining 50 yilligiga bag‘ishlangan kechaga Poroshenko narxi yarim milliondan ortiqroq turuvchi Fendi italyan brendi ostida timsoh terisidan tayyorlangan kichik sumka bilan kelgan edi.
Birinchi xonim aksessuarni turmush o‘rtog‘i sovg‘a qilgani, uning narxini esa hozirgina internet orqali bilganini aytdi.

“Bu sovg‘ani turmush o‘rtog‘im oila qurganimizning 30 yilligi munosabati bilan hadya qilgan edi. Bunga bir yil bo‘ldi”, – dedi Marina Poroshenko.

Top