17:23 / 12.09.2015
3795

Misr hukumati iste'foga chiqdi

Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy hukumatni iste'foga chiqarish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekib, amaldagi bosh vazir Ibrohim Maxlyab va uning mahkamasiga ijro hokimiyatining yangi tarkibi tuzilguniga qadar o‘z vazifalarini davom ettirishni topshirdi.

Avvalroq, 12 sentabr kuni Maxlyab istefo'ga chiqish to‘g‘risida ariza taqdim etgan edi.

Yangi hukumat shakllantirish vazifasi neft vaziri Sharif Ismoilga topshirildi, deya xabar berdi mahalliy televideniye.

Kuzatuvchilarning qayd etishlaricha, 2015 yilning iyunida shakllantirilgan hukumatning iste'foga chiqarilishi Qishloq xo‘jaligi vazirligidagi amaldorlar, shu jumladan, vazir ishtirokidagi yirik poraxo‘rlik mojarosi bilan bog‘liq.

Misr Qishloq xo‘jaligi vaziri Saloh Hilol 7 sentabr kuni korrupsiyada gumon qilinib, hibsga olingan edi.

Top