08:22 / 12.09.2015
4075

Qo‘riqchi Vashington vokzalida ayolga pichoq urgan kimsani otib o‘ldirdi

Xususiy qo‘riqlash tashkilotining qo‘riqchisi Vashingtonning bosh vokzali Union Station’da ayolga pichoq bilan tashlangan kimsani otib o‘ldirdi, deb yozmoqda The Washington Post nashri.

Ma'lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi qo‘riqchiga pichoq o‘qtalgan payda u tomonidan otib tashlangan. Jinoyatchi shifoxonaga olib ketilayotganda jon berdi.

Politsiyachilarning fikricha, bu zo‘ravonlikka oilaviy janjal sabab bo‘lgan, chunki halok bo‘lgan bosqinchi o‘z jabrdiydasi bilan tanish bo‘lgan.

Top