14:25 / 12.09.2015
2863

Qozog‘iston prezidenti “Soyuz TMA-16M” kosmik kemasi ekipaji bilan uchrashdi

Rossiyalik Gennadiy Padalki, qozog‘istonlik Aydin Aimbetov va daniyalik astronavt Andreas Mogensendan iborat “Soyuz TMA-16M” kosmik kemasi ekipaji Qozog‘iston poytaxtiga yetib keldi. Ular bilan Qozog‘iston prezidenti Nursultan Nazarboyev hamda respublika rahbariyati vakillari uchrashdi.

Tantanali marosim ekipaj kapsula Qarag‘anda viloyatiga muvaffaqiyatli qo‘nganidan so‘ng Rossiya HHK vertolyotida yetib kelgan Ostona xalqaro aeroportida bo‘lib o‘tdi.

Aimbetov orbitaga ko‘tarilgan uchinchi qozog‘istonlik bo‘ldi. U 2015 yilning 4 sentabr kuni “Soyuz TMA-18M” koinot kemasida Xalqaro kosmik stansiyaga yetib borib, respublika kosmik dasturi doirasida bir qator tadqiqotlarni amalga oshirdi.

Ungacha 1991 yil oktabrda Toxtar Aubakirov hamda 1994, 1998 va 2001 yillarda Musabayev uch marotaba qoinotda turli tadqiqotlarni olib borgan edi.

Top