07:36 / 12.09.2015
2343

Simeone: “Atletiko” “Barselona” bilan uchrashuvda yaxshi o‘yinini ko‘rsatishga harakat qiladi

Madridning “Atletiko” futbol jamoasi bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya primerosining 3-turida “Barselona”ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Biz doimo “Barselona” bilan murosasiz o‘yin o‘tkazganmiz, garchi har doim ham kerakli natijaga erisha olmagan bo‘lsak ham. Ertaga (12 sentabrda) haqiqiy kurash olib borishga va yuqori darajadagi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. Messisiz bizga ancha osonroq bo‘lardi. Uning fantastik darajasini hamma tan oladi: futbolchilar ham, murabbiylar va muxlislar ham”, deb Simeonening aytgan so‘zlarini keltirib o‘tdi AS ispan nashri.

“Atletiko” — “Barselona” uchrashuvi bugun, 12 sentabrda Toshkent vaqti bilan 23.30 da boshlanadi.

Top