22:13 / 12.09.2015
3236

"Suonsi" APLning 5-turiga kelib ilk mag‘lubiyatini tan oldi

Kardiffning "Suonsi" jamoasi APLning 5-turiga kelib, "qoqildi". Jamoa mavsum startini a'lo darajada o‘tkazgan, "Chelsi" va "MYu" kabi grand jamoalar bilan o‘yinda 4 ochko olishga muvaffaq bo‘lgan, 5-tur arafasida 8 ochkosi bilan 4-o‘rinni egallab turgan edi.

5-turni uelsliklar safarda mavsum debyutanti "Uotford"ga qarshi o‘tkazishdi va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
O‘yindagi yagona gol Igalo hisobiga yozildi.

Bu mag‘lubiyatdan keyin "Suonsi" hozircha oltinchi o‘ringa tushgan. "Uotford" esa ochkolari sonini 6taga yetkazib, 12 o‘ringa ko‘tarilgan.

Uotford – Suonsi 1:0
Gol: 1:0 – 59 Igalo.
Ogohlantirishlar: Ki Son Yen (67), Kapu (90).

5-turning yana bir uchrashuvida hisob ochilmadi. "Sautgempton" safarda "Vest Bromvich" darvozasiga yo‘l topa olmadi. Bu durangdan keyin Ronald Kuman shogirdlari 6 ochko bilan 11-o‘rinni band etgan. 13-o‘rindagi "Vest Bromvich"da esa 5 ochko to‘plangan.

Vest Bromvich – Sautgempton 0:0
Ogohlantirish: Brant (79)

APLning 2 debyutanti ishtirokidagi bahsda "Norvich" "Bornmut"ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu g‘alabadan keyin "Norvich" 7 ochko bilan 8-o‘ringa ko‘tarildi. "Bornmut" 4 ochkosi bilan 15-o‘rinda qolmoqda.

Norvich – Bornmut 3:1
Gollar: 1:0 – 35 Djyerom, 2:0 – 52 Xulaxan, 3:0 – 67 Djarvis, 3:1 – 81 Kuk.
Ogohlantirishlar: Tetti (20), Frensis (23), Smit (25), Xulaxan (30), Ritchi (60).

Top