16:42 / 12.09.2015
2226

UYeFA «Manchester Siti» va «PSJ»dan Yevrokuboklardagi ishtirok bo‘yicha cheklovni olib tashladi

UYeFA moliyaviy nazorat qo‘mitasi "Manchester Siti" va "PSJ" jamoalaridan Yevropada o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarda futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha cheklovni olib tashladi.

O‘tgan mavsumlar davomida har ikki klub ham faqat 21 futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi va klub xodimlarining maoshini cheklashi talab qilingan edi. Bu ish xarajatlarni kamaytirish uchun amalga oshirilgan. "PSJ" klubi ushbu talabni muddatidan bir yil oldin bajarishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam har ikki klubdan 60 million yevrodan iborat transferlar taqiqi olib tashlangan edi.

Top