22:15 / 12.09.2015
6030

Viktoriya Nuland AQShning Ukraina armiyasiga sarflagan xarajatlarini ma'lum qildi

AQSh Ukraina ehtiyojlariga e'tiborli bo‘lishda davom etadi, deb aytdi AQSh Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Viktoriya Nuland Kiyevda bo‘lib o‘tgan YES anjumanida Ukrainaga mudofaa qurol-aslahasi taqdim qilinishi haqidagi savolga javoban.

Anjuman boshlovchisining Ukrainaga AQSh tomonidan qurol-aslaha taqdim qilinishi haqidagi savolga Nuland Ukrainada AQSh ko‘magida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilayotganini eslatib o‘tdi.

“Biz harbiy yordam bilan ta'minlamoqdamiz: Ukraina armiyasini tayyorlash va jihozlash uchun 244 mln dollar sarflandi”, deb javob berdi Nuland.

Top