06:40 / 12.09.2015
3831

Xalqaro koalitsiya “IShID” jangarilariga qarshi 30 ta aviazarba berdi

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya harbiy-havo kuchlari “IShID” jangarilari pozitsiyalariga 30 ta aviazarba berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Zarbalardan 27 tasi terrorchilarning Iroqdagi Tuz, Ramadi, Mosul va Al-Falluja shaharlari yaqinidagi pozitsiyalariga qarshi berilgan. Hujum oqibatida jangarilarga qarashli taktik birliklar, jangovor pozitsiyalar va transport vositalari yo‘q qilingan.

Suriyada esa Al-Xoul va Palmira yaqinida berilgan 3 ta zarba oqibatida terrorchilarga tegishli 2 ta ekskavator yo‘q qilingan.

Top