11:30 / 12.09.2015
2894

Xosep Gvardiola: Dortmundliklar hozircha bizdan yaxshiroq o‘ynashmoqda

"Bavariya" jamoasining ispaniyalik bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ayni vaqtda bundesligadagi asosiy raqiblari bo‘lmish Dortmundning "Borussiya" jamoasi yaxshiroq o‘yin namoyish etayotgani haqida aytib o‘tdi.

"Hozircha ichki chempionatda faqat birgina jamoa bizdan yaxshiroq o‘ynamoqda. Tuxel boshqaruvidagi "Borussiya" yanada kuchaygan. Menga uning ishlari yoqdi", deydi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, yangi mavsum arafasida "Borussiya"da Yurgen Kloppning o‘rnini egallagan Tomas Tuxel boshchiligida jamoa mavsum startini o‘ta muvaffaqiyatli boshladi. Ayni vaqtda jamoa 3 o‘yindan 9 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinda ketmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "Bavariya"da ham shuncha ochko mavjud, lekin dortmundliklarda to‘plar nisbati ko‘rsatkichlari nisbatan yaxshiroq ko‘rinish olgan.

Top