19:06 / 13.09.2015
2432

Gretsiyaning Farmakonisi oroli yaqinida 28 nafar muhojir cho‘kib ketdi

Gretsiya sohilbo‘yi xizmatining xabar berishicha, 100 nafarga yaqin muhojir bo‘lgan qayiq Egey dengizining janubidagi Farmakonisi oroli atrofida suvga cho‘kkan va yo‘lovchilarning kamida 28 nafari halok bo‘lgan.

Halok bo‘lganlar orasida bir bola ham bo‘lgani aytilgan.

Yo‘lovchilardan ba'zilari qirg‘oqqacha o‘zi suzib borgan, maxsus xizmat xodimlari suvdan 68 kishini qutqarib olishgan.

Top