06:20 / 13.09.2015
1907

Hindiston va Pokiston chegarachilari ma'lumotlar bilan almashishni kuchaytirishga kelishib oldilar

Hindiston va Pokiston chegara qo‘shinlari nazorat chizig‘ida qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida barcha vositalar bilan barcha darajalarda ma'lumotlar bilan almashishni kuchaytirishga kelishib oldilar. Bu haqda Indian Express nashri ma'lum qildi.

Hindiston va Pokiston chegara qo‘shinlari rahbarlarining muzokaralari 9-12 sentabr kunlari Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tdi.

Nashrning yozishicha, delegatsiyalar ma'lumotlar almashishni, jumladan telefon va elektron pochta orqali, kuchaytirishga kelishib oldilar.

Tomonlar, shuningdek, sport va madaniy tadbirlar o‘tkazishga hamda chegaraning ba'zi hududlarini muvofiqlashtirilgan holda nazorat qilishga kelishib oldilar.

Top