07:27 / 13.09.2015
5795

KUN.UZ dayjesti: 12 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 12 sentabr kuni keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlarni takroran havola etamiz.

Ukraina TIV Putin va Berluskonining Qrimga tashrifini qoraladi>>

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskonining Qrimga uyushtirgan tashrifiga e'tirozlarini bildirdi. Bu haqda Ukraina TIVning feysbukdagi sahifasida ma'lum qilingan.

Tramp: Putin bizning prezidentni yetarlicha hurmat qilmayapti>>

AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod hisoblanuvchi Donald Tramp Yalta Yevropa strategiyasi (YES) 12chi uchrashuvida telemuloqot o‘tkazdi va AQSh Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishi kerakligi haqida gapirdi.

AQSh Makkadagi fojiadan keyin barcha musulmonlarga yordam berishga va'da berdi>>

AQSh Makkadagi fojia yuzasidan Saudiya Arabistoniga hamdardlik bildirdi hamda bu mamlakat va butun dunyo bo‘ylab boshqa musulmonlarni qo‘llab-quvvatlashga va'da berdi. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 11 sentabr kechasi yuz bergan fojia yuzasidan shunday bayonot bilan chiqqan.

Makka shahridagi Al-Harom masjidida kran qulashi jarayoni tasvirlangan videolar tarqaldi>>

11 sentabr kuni Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Al-Harom masjidi ustiga hududda davom etayotgan kuchli shamol tufayli qurilish krani qulab tushdi.

Tom Kruz ishtirokidagi filmni suratga olish jarayonida 2 kishi halok bo‘ldi>>

Kolumbiyaning shimoli-g‘arbida yengil motorli samolyot halokatga uchrashi tufayli 2 kishi halok bo‘ldi va yana bir nafar kishi jiddiy jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu hada Bi-Bi-Si xabar bergan.

Putin Roy Jonsga Rossiya fuqaroligini berdi>>


Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik boksyor kichik Roy Jonsga Rossiya fuqaroligini berdi. Kreml saytida qaror matni e'lon qilindi.

Yatsenyuk: Putin o‘zi qo‘ygan siyosiy qopqonga o‘zi tushib qoldi>>

Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zi qo‘ygan siyosiy qopqonga tushib qolgan va undan chiqishning imkoniga ega emas. Bu haqda 112 Ukraina telekanali xabar bergan.

Chegaradan noqonuniy o‘tgan talaba jazolandi>>

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilib, viloyatimiz oliygohlaridan birida tahsil olayotgan talaba qiz Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyatida yashovchi buvisi vafot etganligi to‘g‘risidagi xabarni eshitgach, dafn marosimiga borishni rejalashtirdi. Biroq qonunda belgilangan tartib - qoidaga amal qilmadi.

Top