07:03 / 13.09.2015
5606

KUN.UZ dayjesti: 12 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 12 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

O‘zbekiston delegatsiyasi YeXHTning XXIII iqtisodiy va ekologik forumi yakuniy uchrashuvida ishtirok etadi>>

2015 yilning 14-16 sentabr kunlari Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusalomov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi “YeXHT hududida suv resurslarini boshqarish: hamkorlik orqali xavfsizlik va barqarorlikni oshirish” mavzusiga bag‘ishlangan YeXHTning XXIII iqtisodiy va ekologik forumining yakuniy uchrashuvida ishtirok etadi.

Makkadagi “Al-Harom” masjididagi fojia tufayli halok bo‘lganlar soni 107 nafarni tashkil etdi>>

Saudiya Arabistonining Qizil yarimoy jamiyati Makkadagi “Al-Harom” masjididagi fojia joyida 68 nafardan ko‘proq qutqaruvchilar va shifokorlar brigadasi ish olib borayotganini ma'lum qildi.

Obama: Bashar Asadning Moskva tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi “tanazzulga uchrashi muqarrar”>>

AQSh prezident Barak Obama Rossiyaning Suriyadagi harbiy mavjudligi Suriya prezidenti Bashar Asad xavotirlanib, Rossiyadan yordam so‘rayotganini bildiradi, deb aytmoqda.

«Koloradolik mergan» Kolorado qamoqxonasiga umrbod mahkum qilindi>>

2012 yilda AQShning Kolorado shtatidagi Avrora shahrida kinoteatrda 12 kishini o‘ldirgan qotil Jyeyms Xolms Kolorado shtatidagi qattiq tartibdagi qamoqxonaga joylashtirildi. 

Xalqaro koinot stansiyasining uch fazogiri Qozog‘iston dashtiga muvaffaqiyatli qo‘ndi>>

Ichida Xalqaro koinot stansiyasining uch fazogiri bo‘lgan “Soyuz TMA-16M” kemasi kapsulasi Qozog‘iston dashtiga muvaffaqiyatli qo‘ndi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Makka shahrida yuz bergan baxtsiz voqea vaqtida o‘zbekistonlik ziyoratchilar jabr ko‘rmagani ma'lum qilindi>>

Joriy yilning 11 sentabr kuni soat 16.00 dan so‘ng Makka shahrida kuchli bo‘ron boshlandi. Tabiiy ofat oqibatida “Haram” masjidining kengaytirish ishlari ketayotgan janubiy qismida joylashgan kranlardan biri masjidning «Ka'batulloh» atrofida “tavof” amali bajariladigan maydonining janubiy qismiga qulab tushdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston vakillari 5ta medalga sazovor bo‘lishdi>>

Tailandning Pxuket shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionati yakunlandi. Bu galgi qit'a chempionatida 29 davlatdan jami 162 nafar sportchi (106 nafar erkak – 56 nafar ayollar) g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Tojikistonda general Nazarzodaning 100dan ziyod tarafdorlari qo‘lga olindi>>

Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari maxsus amaliyot chog‘ida Vaxdat shahridagi IIBga hujum qilganlarning birini qo‘lga oldi, deya xabar berdi TASS mamlakat IIV ma'lumotiga asoslangan holda.

Yaqin Sharqdagi qum bo‘ronlari 8 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi>>

Shuningdek, Seysmologiya va meteorologiya xizmati markazi haydovchilarni yo‘llarda harakatlanishda qoidalarga rioya bo‘lishni tavsiya qilgan.

Makkada haj paytida halok bo‘lgan ziyoratchilar nomsiz qabrlarda dafn qilinadigan bo‘ldilar>>

Makka hukumati haj paytida kran qulashi oqibatida halok bo‘lganlarni vatanlariga yubormaslikka qaror qildi. Qurbonlar qisqa fursatlarda shahar qabristonida nomsiz qabrlarga dafn qilinadilar. Qurbonlarni asosan Hindiston va Pokiston fuqarolari tashkil qilmoqda. 

Top