07:40 / 13.09.2015
6454

KUN.UZ dayjesti: 12 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 12 sentabr kuni ro‘y bergan eng muhim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Saakashvili Ukraina iqtisodiyotini Gabon davlatiniki bilan tenglashtirdi>>

Ukrainaning Odessa viloyati ma'muriyati boshlig‘i Mixail Saakashvili Ukraina yalpi ichki mahsulot hajmining 184 mlrd dollardan 115 mlrd dollargacha tushib ketishini tanqid ostiga oldi.

Haftaning eng yaxshi suratlari>>

Tungi Manxetton. Fotogelereya>>     

Qashqadaryolik mijoz Cobalt mashinasini sotib olishda to‘sqinliklarga uchrayotganini aytdi>>

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi X. Sharipov “Adolat ko‘zgusi” gazetasiga xat yozib, Cobalt rusumli mashina sotib olishda to‘sqinliklarga uchrayotganini ma'lum qildi. Buning yuzasidan olib borilgan tekshiruv natijasida masala hal qilib berilgan.

VIDeO: Kemeron mikrofon yoqiqligidan bexabar holda Yorkshir grafligi aholisini haqoratladi>>

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron matbuot anjumani vaqtida noqulay ahvolga tushib qoldi. 

Yevgeniy Petrosyan O‘zbekistondagi qamoqxonada o‘zini yo‘qotib qo‘ymagani eslandi>>

16 sentabrda o‘zining 70 yoshligini nishonlaydigan rossiyalik taniqli kulgu ustasi Yevgeniy Petrosyan O‘zbekistondagi qamoqxonada o‘zini yo‘qotib qo‘ymagani eslandi. 

Sony o‘z smartfonlaridan suv tagida foydalanmaslikni tavsiya qilmoqda>>

Sony kompaniyasining qo‘llab-quvvatlash sayti sahifasida kompaniya o‘zining namlikdan himoyalangan smartfonlaridan suv ostida foydalanmaslikni tavsiya qilgan ma'lumot paydo bo‘ldi. 

Mashhur xokkeychi Aleksandr Ovechkin mashhur rossiyalik aktrisa qiziga uylanmoqda>>

“Vashington Kepitals” va xokkey bo‘yicha Rossiya terma jamoasining hujumchisi Aleksandr Ovechkin bo‘ydoqlik bilan xayrlashishga qaror qildi

Ispaniyada dunyoda ilk bor 3D-printerda bosilgan qovurg‘alar ko‘chirib o‘tkazildi>>

Ispaniyada ko‘krak qafasi sarkomasidan (saratoning bir turi) aziyat chekuvchi erkakka dunyoda ilk bor 3D-printerda bosilgan ko‘krak qafasi va qovurg‘alar protezlari o‘tkazildi

Top