23:02 / 13.09.2015
2766

Viktor Goncharenko Slutskiy terma jamoa bilan bandligi tufayli “TsSKA”ga yangi murabbiy qilib olindi

Belarusning “BATE” va Yekaterinburgning “Ural” futbol jamoalarining sobiq bosh murabbiyi Viktor Goncharenko Moskvaning “TsSKA” jamoasi murabbiylar shtabiga kiritildi. Bu haqda jamoaning rasmiy saytida ma'lum qilindi.   

“Bizning murabbiylar shtabimiz to‘rtta frontda ishlashiga to‘g‘ri kelayotgan  hozirgi vaziyatda “TsSKA” rahbariyati jamoaga ko‘mak kerakligiga qaror qildi. Biz taklifimizni qabul qilgan Viktor Mixaylovichga minnatdormiz”, deb aytilmoqda xabarda.

Avgust oxirigicha Goncharenko “Ural”ning bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan edi va uni “Terek”ka qarshi uchrashuv oldidan tark etgan.

“TsSKA”ning amaldagi bosh murabbiyi Leonid Slutskiy avgust oyida Rossiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Agarda terma jamoa Yevropa chempionatining final bosqichiga chiqa olsa, Slutskiy “TsSKA”ni tark etadi va butun e'tiborini terma jamoa bilan ishlashga qaratadi. 

Top