20:58 / 13.09.2015
5930

Odil Ahmedov "Krasnodar"ning "Dinamo"ga qarshi o‘yindagi gollaridan biriga mualliflik qildi

Rossiya chempionatining 8-turida “Krasnodar” o‘z maydonida Moskvaning “Dinamo” klubini qabul qildi. Uchrashuv krasnodarliklar yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi.

Maydon egalari safida Mamayev dubl qayd etdi. Laborde va O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Odil Ahmedov o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.

Shu tariqa, “Krasnodar” o‘ta ishonchli g‘alabaga erishib, 12 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. "Dinamo" jamoasida ham 12 ochko bor, lekin jamoa to‘plar nisbatiga ko‘ra, kubanliklardan ortda qolmoqda.

Rossiya chempionati. 8-tur

Krasnodar – Dinamo Moskva 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 10 Laborde, 2:0 – 41 Mamayev, 3:0 – 71 Ahmedov, 4:0 – 90 Mamayev.
Krasnodar – Sinitsin, Grankvist, Yenjyeychik, Strannberg, Petrov, Mamayev, Bistrov (Markov, 78), Ahmedov, Gazinskiy (Kabore, 58), Laborde (Pereyra, 67), Smolov.
Dinamo Moskva – Gabulov, Dyakov, Morozov, Kozlov, Gubochan, Ionov, Denisov, Levin (Jivoglyadov, 85), Zobnin (Kuzmin, 73), Tashayev, Pogrebnyak.
Ogohlantirishlar: Gazinskiy (33), Smolov (38), Pogrebnyak (74).

Top