19:06 / 13.09.2015
5131

Putin BMT Bosh assambleyasida sanksiyalar, Suriya va Ukraina haqida gapirishi ma'lum qilindi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh assambleyasidagi nutqi davomida bir nechta mavzular, jumladan sanksiyalar borasida to‘xtab o‘tishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi. 

“Biz Putin zamonaviy dunyoning eng dolzarb muammolari bo‘yicha bizning qarashlarimizni bayon etishidan kelib chiqamiz”, deb aytdi Lavrov.

Putin, shuningdek, Suriya va Ukrainadagi vaziyatlar ustida ham to‘xtab o‘tadi. Bundan tashqari, Putin xalqaro terrorchilikka qarshi kurashga baho beradi.

Lavrovning ta'kidlashicha, bu Putinning oxirgi 10 yil ichida BMT Bosh assambleyasiga birinchi tashrifi bo‘ladi hamda navbatdagi sessiya yubiley sondagi bo‘lishi va unda jahonning ko‘pchilik yetakchilari qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

Avvalroq Putin BMT Bosh assambleyasida 28 sentabrda nutq so‘zlashi ma'lum qilingan edi.

Top