00:09 / 13.09.2015
3340

Rossiyaning gumanitar yordam ortilgan samolyotlari Suriyaga yetib keldi

Bortiga 80 tonna gumanitar yordam ortilgan Rossiyaning ikkita samolyoti Suriyaning Latakiya shahriga kelib qo‘ndi, deb ma'lum qilmoqda Reuters axborot agentligi. 

Avvalroq Isroil mudofaa vaziri Moshe Yaalon Rossiya harbiylarining Suriyada bo‘lishidan maqsad Latakiya yaqinida aviabaza qurish ekanligini ma'lum qilgandi. Yaalonning aytishicha, Rossiya birinchi navbatda Suriyadagi manfaatlarini himoya qilmoqda, chunki mamlakat hududida Rossiyaning harbiy-dengiz bazasi joylashgan.

Top