19:21 / 13.09.2015
21234

Toshkentdagi kafelardan biriga tashrif buyurganlar noodatiy YTHga guvoh bo‘lishdi

Toshkent shahridagi kafelardan biriga ovqatlanish uchun tashrif buyurgan mijozlar kam uchraydigan hodisaga guvoh bo‘lishdi.

Bir qismi ariq ustida joylashgan ushbu kafe mijozlari ovqatlanayotganida, suvda Nexia rusumli avtomashina oqib kelayotgani ularning e'tiborini tortgan.

Ushbu holat tasvirlari feysbukdagi «Voditeli Tashkenta» guruhiga joylashtirilgan.

Shuningdek, internet foydalanuvchilaridan biri suratni o‘z tvitteriga joylashtirib, "Kafeda ovqatlanib o‘tirganingda, ostingdagi anhordan Neksiya oqib o‘tib ketsa qiziq bo‘lsa kerak a?", deya kinoya qiladi.

Ushbu tvit ostida izoh qoldirgan boshqa foydalanuvchi bu kafe 5-tug‘ruqxona oldida joylashgani haqida taxmin qilgan. Yana bir tvitterchi esa bu mashina shofyori hushyor bo‘lmagan holatda mashina boshqarganini tusmollagan.

Ushbu noodatiy hodisa tafsilotlariga hozircha aniqlik kiritilmagan.

Top