06:33 / 13.09.2015
2418

Ulan-Udeda gidrosamolyotning qattiq qo‘nishi oqibatida jarohat olgan 2 kishi shifoxonaga yetkazildi

Buryatiyada Selenga daryosi deltasiga qattiq qo‘nishni amalga oshirgan “Che-22 Korvet” gidrosamolyotida bo‘lgan ikki kishi Ulan-Udedagi tez yordam shifoxonasiga yetkazildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining respublika bosh boshqarmasida ma'lum qilindi.

Rossiya Tergov qo‘mitasining transportdagi Sharqiy Sibir tergov boshqarmasi ma'lum qilishicha, voqea oqibatida o‘ziga tegishli samolyotni boshqargan 28 yoshli irkutsklik va 30 yoshli mahalliy erkak jabrlandi. Dastlabki tibbiy tekshiruvda ularda yopiq holdagi bosh-miya chanog‘i jarohatlari, umurtqaning kompression sinishi, qorvurg‘alar sinishi, ko‘plab tilinishlar va lat yoyishlar aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Top