08:26 / 13.09.2015
2142

"Yuventus" 1962 yildan buyon ilk marta mavsumning dastlabki 3 turida 1 ochkodan ko‘p yig‘a olmadi

Italiya A seriyasining 3 turida "Yuventus" "Kevo"ni mag‘lub eta olmadi (1:1).

Joriy mavsumning avvalgi turlarida jamoa "Roma" va "Udineze" jamoalariga 1:2 va 0:1 hisoblarida mag‘lub bo‘lgandi.

"Yuventus" oxirgi marta 1962 yildagi mavsum startida dastlabki 3 o‘yindan atigi 1 ochko jamg‘argandi.

Bundan tashqari, "ko‘hna sinora" 2007-08 yillar mavsumidan beri ilk marta chempionatning ilk 3 turidagi o‘yinlarning barchasida o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi.

Top