19:29 / 14.09.2015
10097

“Minonlar” multfilmi eng kassabop multfilmlar reytingida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

2015 yilning iyunidan ekranlarga chiqarilgan “Minonlar” multfilmi jahon prokatida 1,08 mlrd dollarga topishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda NME nashri. Bu ko‘rsatkich evaziga multfilm eng kassabop multfilmlar reytingida 2010 yilda chiqqan hamda 1,06 mlrd dollar topgan “O‘yinchoqlar voqeasi 3: katta qochish” (“Istoriya igrushek 3: Bolshoy pobeg”) multfilmini ortda qoldirib, 2-o‘ringa chiqib oldi. Reytingning 1-qatorini 2013 yilda chiqqan va 1,27 mlrd dollar topgan “Muzyurak” multfilmi egallab turibdi. 

Barcha kassabop filmlar reytingida multfilm 15-o‘rinni egallamoqda. Multfilm bunday katta muvaffaqiyatga ega bo‘lishiga uning 13 sentabrda Xitoy prokatida boshlanishi sabab bo‘ldi. Bu yerda multfilm ikki kun davomida 20 mln dollardan ko‘proq mablag‘ yig‘di.

“Minonlar” suratga olgan Universal kinostudiyasi uchun multfilm “Forsaj 7” (1,512 mlrd dollar) va “Yura davri dunyosi” (1,628 mlrd dollar) kinofilmlaridan keyin joriy yildagi uchinchi yirik kassaviy muvaffaqiyat bo‘ldi.

“Minonlar” multfilmi mitti sariq odamchalar sarguzashtlari haqida bo‘lib, unda bosh qahramonlar o‘zlariga yangi xo‘jayin topishga harakat qiladilar.

Top