14:07 / 14.09.2015
4030

Beeline va Samsung Mobile Uzbekistan Facebook tarmog‘i foydalanuvchilari uchun birgalikda tanlov e'lon qildilar

Aloqa operatori Beeline Samsung Mobile Uzbekistan bilan birgalikda “Beeline raqami bilan Edge Plus yutib ol” tanlovini e'lon qildilar, g‘olib Samsung Edge Plus smartfoni va “6000 bonus” aksiyasi yoqilgan oltin raqamga ega bo‘ladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun:
1. “Beeline oltin raqami bilan Edge Plus yutib olishni istayman” matnli yozuv bilan o‘z sahifasida selfi joylashtirish lozim;
2. Fotosuratni #xochuedgeplus heshtegi bilan belgilash zarur;
3 Fotosuratda Beeline Uzbekistan va Samsung Mobile Uzbekistan sahifalarini belgilash kerak.
Tanlov 15 sentabr kuniga qadar (shu kun ham kiradi) davom etadi. G‘olib tasodifiy sonlar generatori yordamida ommabop random.org saytida ma'lum bo‘ladi. Natijalar skrinshoti Beeline Uzbekistan va Samsung Mobile Uzbekistan sahifalarida chop etiladi.

Tafsilotlar www.facebook.com/beeline.uz va www.facebook.com/samsungmobileuzbekistan sahifalarida.

Top