16:44 / 14.09.2015
2172

Flaviya Pennetta US Open turnirida chempion bo‘lganidan keyin, tennisni tark etganini ma'lum qildi

Italiyalik tennischi Flaviya Pennetta ayollar o‘rtasida US Open turniri finalida hamyurti Roberta Vinchini mag‘lub etgandan keyin faoliyatini tugatishga qaror qildi. Bu haqda olamsport.com nashrida yozilgan.

U "Katta shlem" tasnifidagi bahslarda zafar quchgan eng yoshi katta ayol tennischiga aylandi. Shu bilan birga finaldan keyin faoliyatini tugatganini e'lon qildi.

U o‘zini faoliyati mobaynida qo‘llab-quvvatlab kelgan barchaga minnatdorchilik bildirgan.

Top