06:53 / 14.09.2015
2269

Germaniya Avstriya bilan chegarasida nazorat o‘rnatdi

Germaniya ichki ishlar vaziri Tomas de Mezer Germaniya mamlakatga kelayotgan qochqinlar sonini kamaytirish maqsadida Avstriya bilan chegarasida vaqtinchalik nazorat amalga oshirayotganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Ayni paytda Germaniya Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan ichki chegaralarida vaqtinchalik yana chegara nazoratini amalga oshirishni boshladi. Birinchi navbatda nazorat Avstriya bilan olib boriladi”, deb aytdi vazir.

Mezer “bundan maqsad Germaniyaga kelayotgan qochqinlar oqimini cheklash va mamlakatga odamlar kirishining tartiblashgan tartibiga qaytishdan iboratligini” hamda bu shuningdek xavfsizlik nuqtai nazaridan ham amalga oshirilayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Avvalroq Germaniya hukumati tashabbusi doirasida Avstriya bilan temir yo‘l aloqasi muhojirlar oqimi tufayli vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan edi.   

Top