20:25 / 14.09.2015
2409

Malkolm Tyornbull Avstraliyaning yangi bosh vaziriga aylandi

Avstraliya Aloqa vaziri Malkolm Tyornbull Toni Ebbotning o‘rniga mamlakatning yangi vaziri bo‘ldi.

Ma'lum qilinishicha, parlamentdagi Liberal partiya a'zolari yetakchilikni Ebbotdan olib, Tyornbullga topshirishgan.

Ichki ovoz berish natijalariga ko‘ra, Tyornbullga 54, Ebbotga 44 ovoz berilgan.

Bundan olinroq, Ebbot Avstraliya bosh vazirligidan ketishi haqida xabar berilgandi.

Yaqin vaqt ichida Tyornbull Avstraliya bosh vaziri sifatida qasamyod qilishi aytilgan. U shu haftaning o‘zida hukumatning yangi tarkibini tuzishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, 60 yoshli ushbu siyosatchi 2008-2009 yillarda ham Liberallar partiyasi yetakchisi bo‘lgan, 2007 yildan Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligida, 2013 yilning 18 sentabridan Aloqa vazirligida rahbar lavozimlarda ishlagan.

Top