08:15 / 14.09.2015
2940

Misrlik politsiyachilar xatolik tufayli meksikalik sayyohlar guruhini o‘qqa tutdi

Misr politsiyasi mamlakat g‘arbida anglashilmovchilik tufayli Meksikadan kelgan sayyohlar guruhiga qarata o‘t ochdi.

Ma'lum qilinishicha, bu voqea sahro hududida ro‘y bergan va politsiyachilar bu guruhni jangarilar bilan adashtirib yuborgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bu xato tufayli guruhdagi 12 kishi halok bo‘lgan. Marhumlar orasida mahalliy yo‘lboshlovchilar (gid) ham bor.

Shuningdek, 10dan ortiq kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Top