16:14 / 14.09.2015
6682

Nazarboyevning qizi bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlanganiga izoh berildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning matbuot kotibi Davron Abayev prezidentning qizi, jamoat arbobi Darig‘a Nazarboyevaning bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishiga izoh berdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta juma kuni Nazarboyev katta qizini ushbu lavozimga tayinladi.
“Davlat rahbari kadr o‘zgartirishlari masalalari ustida diqqat bilan o‘ylaydi. Bunday qarorlarning har birining ortida faoliyat tahlili va nomzodlar ishining natijalari turadi. Nursulton Abishevich ko‘plab omillarni e'tiborga oladi”, - Abayevning so‘zlarini keltiradi “Novosti-Kazaxstan” agentligi.

Uning ta'kidlashicha, Darig‘a Nazarboyeva majlis qoshidagi ijtimoiy-madaniy rivojlanish qo‘mitasi raisi va palata spikeri o‘rinbosari lavozimlarida o‘zinini samarador parlamentariy sifatida ko‘rsata olgan.
“Darig‘a Nursultonova ijtimoiy sohani juda yaxshi biladi, u o‘zini samarador parlamentariy sifatida ko‘rsata oldi va bugun millat rejasi – 100 qadamning ayrim yo‘nalishlarini muvofiqlashtirib bormoqda.

Uning tayinlanishi meritokratik prinsiplarga javob beradi deb hisoblayman”, - qo‘shimcha qilda matbuot kotibi.

Top