08:27 / 14.09.2015
2143

Novak Jokovich US Open turniri finalida Rojyer Federerdan ustun keldi

Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi AQSh Ochiq chempionatining erkaklar o‘rtasidagi turniri g‘olibiga aylandi.

13 centyabr oqshomida Jokovich to‘rt set davom etgan hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi shveysariyalik Rojyer Federerga qarshi kortga chiqdi va 6:4, 5:7, 6:4, 6:4 hisoblari bilan g‘alaba qozondi.

Kuchli yomg‘ir tufayli o‘z vatidan kechikib boshlangan bahs 3 soatu 23 daqiqaga cho‘zildi.

Shu tariqa, Jokovich "Katta Dubulg‘a" turnirlaridagi o‘ninchi g‘alabasini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, 12 sentabr kuni turnirning ayollar o‘rtasida kechgan bahslarida italiyalik Flaviya Pennetta g‘olib bo‘lgandi.

Top