19:37 / 14.09.2015
3132

OPeK neftga talabning oshishini prognoz qilmoqda

Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPeK) 2015 yilda neftga jahonda bildiriladigan talabning prognozini yaxshiladi. Kartel bu talab kuniga 84 ming barrelga oshishini kutmoqda. Shu bilan birga 2016 yil uchun prognoz 50 ming barrelga kamaytirilgan. Tegishli ma'lumot OPeKning sentabrdagi hisobotida keltirildi.

Kartel tahlilchilarining fikricha, 2015 yilda iste'molchilarga kuniga 92,79 mln barrel neft (2014 yilga nisbatan 1,46 mln barrelga ko‘proq) zarur bo‘ladi. Kelasi yilda esa bu ko‘rsatkich 94,08 mln barrelni (2015 yilga nisbatan 1,29 mln barrelga ko‘proq) tashkil qiladi.

2016 yil uchun prognoz Xitoy va Lotin Amerikasidagi iqtisodiy muammolar tufayli kuniga 50 ming barrelga yomonlashgan.

OPeKda taxmin qilinishicha, 2015 yilda OPeKga kirmaydigan davlatlar neft qazib olishni kuniga 57,43 mln barrelgacha yetkazishadi.

14 sentabrdagi savdolar paytida Brent nefti 47,55 dollardan sotildi.

Top