21:02 / 14.09.2015
27091

Suvda “qirol”likni saqlab turgan eng kuchli 7 harbiy-dengiz kemasi

Flot – har bir mamlakatning iftixori hamda uning xavfsizligini ta'minlovchi kafolatdir. Bugun biz eng kuchli 7 ta harbiy-dengiz kemasi haqida so‘z yuritamiz. Ular turli mamlakatlar harbiy salohiyatining ajralmas qismi hisoblanadi. 

1. Frantsuz aviatashuvchisi — Sharl de Goll

Sharl de Goll – bu yer yuzida yagona nusxada bo‘lgan eng katta fransuz aviatashuvchisi hisoblanadi. Uning bahaybatligi haqida so‘z ketadigan bo‘lsa shuni aytish kerakki, mazkur kemaning uzunligi taxminan 262 metrni tashkil etadi. Kema 1989 yilda loyihalashtirilgan va 1994 yilning oxirlariga borib, suvga tushirilgan. 

2. Amerika Qo‘shma Shtatlarining desant kemasi — Uosp

Uosp – AQSh harbiy-dengiz kuchlarining iftixori sanaladi. Bu desant kema dengiz qo‘shinlarini tashish bilan shug‘ullanadi. Yana shuni alohida ta'kidlash kerakki, aynan u, jahon bo‘yicha o‘ziga o‘xshash boshqa kemalar orasida kattaligi bilan yagona hisoblanadi. 

3. Hind aviatashuvchi kreyseri — Vikramaditya

Krechet loyihasi asosida barpo bo‘lgan ushbu aviatashuvchi kreyser ayni paytda hind flotining asosiy bo‘lagi hisoblanadi. Bu modul 1987 yildayoq loyihalashtirilgan. Oradan 17 yil o‘tgach, 2.35 milliard AQSh dollari evaziga Hindistonga sotilgan. Sotib olish jarayonida kemaga Vikramaditya, deb nom berishgan. 

4. Rus kreyseri — Orlan

Orlan – bu rus atomli harbiy kreyseri bo‘lib, 1970 yilda loyihalashtirilgan. Uning uzunligi 252 metr. Kema bortida kemaga qarshi raketalar, yer-havo va yana ko‘plab turdagi qurol-aslahalar bilan “jihozlangan”. Uning bor yo‘g‘i to‘rtta nusxasi bor. Ularning har biri ikki milliard AQSh dollari turadi. 

5. Mina-vertolyot tashuvchi — Idzumo

Idzumo – bu yer yuzida yagona nusxadagi yapon vertolyot tashuvchisi hisoblanadi. Uni biror-bir boshqa davlatning qurolli kuchlarida uchratmaysiz. Kemaning narxi 1.2 milliard AQSh dollari turadi. Yana shuni alohida ta'kidlash kerakki, u yapon flotidagi yangi modul hisoblanadi. Uzunligi 247.8 metrni tashkil etadi. 

6. Aviatashuvchi — Klemanso

Klemanso — eng katta fransuz aviatashuvchilaridan biri hisoblanadi. Uning nomi fransuz bosh vaziri Jorj Klemanso sharafiga qo‘yilgan. Uzunligi 265 metrni tashkil etadi. Kema 1955 yilda loyihalashtirilgan bo‘lib, 1957 yil oxiriga kelib suvga tushirilgan. 

7. Amerika Qo‘shma Shtatlarining desantchi kemasi

Ushbu universal desantchi kema AQSh harbiy dengiz kuchlarining ajralmas qismi sanaladi. Uzunligi 257 metrni tashkil etadi.

Manba: xabardor.uz

Top