17:53 / 15.09.2015
2324

2015 yilda Yevropa Ittifoqiga 500 mingdan ziyod muhojir kirib keldi

Yarim milliondan ziyod muhojirlar 2015 yil boshidan buyon Yevropa Ittifoqi chegaralarini kesib o‘tdi, 2014 yilning shu davrida esa YeIga 280 ming kishi ko‘chib kelgan edi. Bu haqda seshanba, 15 sentabr kuni Yevropa Ittifoqining tashqi chegaralar xavfsizligi bo‘yicha Frontex agentligi ma'lum qildi.

Agentlikning qayd etishicha, ketma-ket beshinchi oydirki, muhojirlarning chegaralardan o‘tishi rekord natijalarni ko‘rsatmoqda. Masalan, 2015 yilning avgust oyida Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga 156 ming kishi ko‘chib o‘tgan. Qochqinlar soni bo‘yicha rekord natija esa avgust oyida Gretsiya orollarida kuzatildi, O‘z navbatida, Turkiya orqali yetib kelgan muhojirlarning 4/3 qismi suriyalik qochqinlardir, deya xabar bermoqda Frontex.

Top