09:36 / 15.09.2015
5404

AQSh: Afg‘onistonda bir yil ichida 211 ming tonna ko‘knori yetishtirilgan

Afg‘onistonda bir yil ichida 211 ming tonna ko‘knori yetishtirilgan va 6,3 ming tonna opium giyohvandlik moddasi ishlab chiqarilgan. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan Davlat kotibi Jon Kerriga yuborilgan memorandumda ma'lum qilindi

“Afg‘oniston oxirgi 16 yildan 15 yili davomida dunyoda opium ko‘knorisi yetishtiruvchi eng yirik davlat bo‘lib qolmoqda. AQSh hukumati 2014 yilda Afg‘onistonda 211 ming tonna ko‘knori yetishtirilgan va 6,3 ming tonna opium olingan deb hisoblamoqda”, deyiladi hujjatda.

Giyohvand moddalar ishlab chiqaruchi davlatlar ro‘yxatiga Afg‘oniston, Bagama, Beliz, Venesuela, Hindiston, Kolumbiya, Meksika, Yamayka va boshqa shu kabi davlatlardan iborat 22 davlat va hududlar kiritildi.

Top