14:49 / 15.09.2015
4729

Avstraliyalik bokschi nokautga uchraganidan keyin o‘ziga kelmasdan vafot etdi

Avstraliyalik bokschi Devid Braun-Kichkina filippinlik Karlo Magali bilan jang vaqtida olgan og‘ir jarohatlari tufayli olamdan o‘tdi. Bu haqda Sky News Australia xabar bergan.

Ushbu sportchilar o‘rtasidagi jang 11 sentabr kuni Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) hududiy chempionligi uchun o‘tkazildi.

Avstraliyaning Inglbern shahrida o‘tkazilgan bu jangning 12-raundida Filippin vakili nokaut evaziga g‘alaba qozongani e'lon qilingan.

Jang yakunlanishi bilanoq, 28 yoshli Braun shifoxonaga olib ketilgan. Unga miyaga qon quyilishi tashxisi qo‘yilgan, shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun barcha choralarni ko‘rishlariga qaramasdan, u 3 kun o‘tib vafot etdi.

Professional boksda Braun 25ta jang o‘tkazib, undan 22tasida g‘alaba qozongan. Uning faoliyatida 2ta mag‘lubiyat va bir durang qayd etilgan.

Top