10:51 / 15.09.2015
6190

BAAlik 8 yoshli bola Bentley GT V8 mashinasini yutib oldi

Birlashgan Arab amirliklarida istiqomat qiluvchi 8 yoshli bola Emirates Islamic Kunooz oylik lotereyasida Bentley GT V8 coupé sportkarini yutib oldi.

Bolaning ismi Muhammad Holid Sulaymondir. Aytilishicha, lotoreyaning iyul oyi natijalarida uning ismi tilga olingan. Bola otasi bilan kelib yutuqni olib ketishi mumkin bo‘ladi.

Kunooz – bu Emirates Islamic bankining omonat jamg‘armasi bo‘lib, u o‘z xizmatidan foydalanuvchi mijozlarga har oy o‘ziga xos lotereya o‘ynashni taklif qiladi. Buning uchun ular har chorak yilda 5 ming dirhamlik balansni o‘z hisoblarida saqlab turishi kerak. Buning evaziga ular har oy 1 mln dirham, mashina va bir xonali uy sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Top