17:46 / 15.09.2015
2943

BMW M6 kupesini poygaga ixtisoslashtirdi

BMW kompaniyasi Frankfurtdagi avtosalonda M6 GT3 kupesining poyga versiyasini taqdim etdi. Aytilishicha, keyingi mavsumdan bu ikki eshikli mashina GT3 poygalarida Z4 modelining o‘rnini oladi.

Poyga kupesining massasi 1300 kg dan oshmaydi, bu esa avtomobilning standart versiyasidan 625 kg ga yengilroqdir. U 4.4 l li V8tvin-turbo agregatida ishlaydi.
Dvigatel turli quvvat variantlarida o‘rnatib berilishi mumkin. Motorning maksimal quvvati 585 ot kuchiga teng bo‘lib, 6 bosqichli sekvental transmissiya bilan uyg‘unlikda ishlaydi.

Kupe narxi 379 ming yevroga teng. Kompaniya uning uchun oldindan buyurtmalar qabul qila boshlagan.

Top