09:22 / 15.09.2015
2543

Boyqo‘ng‘irda may oyidagi “Proton-M” raketasi avariyasidan keyingi ikkinchi parvoz amalga oshirildi

Boyqo‘ng‘ir kosmodromida may oyida “Proton-M” raketasi avariyaga uchragandan keyingi ikkinchi parvoz amalga oshirildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Roskosmos ma'lumotlariga ko‘ra, “Ekspress-AM8” sun'iy yo‘ldoshi raketa tashuvchining tezlashtiruvchi blokidan Moskva vaqti bilan 15 sentabr 4:37 da ajralishi rejalashtirilgan edi.

Maydagi falokatdan keyingi birinchi parvoz avgust oxirida amalga oshirilgan edi.

Avvalroq may oyida sodir bo‘lgan falokat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani ma'lum qilingan edi.

Top