09:29 / 15.09.2015
6930

Charlie Hebdo suriyalik Aylonni tasvirlab ishlagan karikaturasi uchun tanqid qilindi

Fransiyada chop etiluvchi Charlie Hebdo jurnali yaqinda sohilbo‘yida o‘lik holda topilgan Aylon ismli 3 yoshli suriyalik qochqin bolaga ishlagan bir qator karikaturalari uchun tanqid qilindi. Jurnalda chop etilgan karikaturalardan birida cho‘kib ketgan bolaning surati va “Manzilga juda yaqin qolgandi” degan yozuv tasvirlangan, deb xabar bermoqda The Mirror nashri.

Yana boshqa bir karikaturada “Yevropa nasroniy ekanligining isboti” degan sarlavha bilan cho‘kayotgan bolaning yonida suv ustida turgan Iso masih qiyofasidagi erkak va “Nasroniylar suvda yura oladi” va “Musulmon bolalar esa cho‘kadi” degan yozuvlar aks etgan.

Britaniyalik huquqshunos Piter Xerbert o‘zining tvitterdagi blogida jurnalni “Fransiyaning ma'naviy tubanlikka botganini” aks ettiruvchi “irqchi, ksenofob” jurnal deb atadi.

Xerbert u tomonidan boshchilik qilinadigan qora tanli advokatlar uyushmasi Xalqaro jinoiy sudga jurnal ustidan shikoyat arizasi berishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Bundan avval Charlie Hebdo 2014 yil mart oyida yo‘qolib qolgan Boeing samolyotiga karikaturalar chop etgan edi.

Top