18:43 / 15.09.2015
4724

Dog‘istonda bashoratchi oilasi bilan o‘ldirib ketildi

Dog‘istonda qurolli hujum oqibatida bashoratchilik bilan shug‘ullanuvchi ayol o‘ldirib ketildi. Intefaks agentligining politsiya ma'lumotlariga tayanib xabar qilishicha, uyda u bilan bo‘lgan eri va yana bir qarindoshi ham o‘ldirib ketilgan.

Jinoyat 15 sentabr kuni Darbant tumanining Rubas qishlog‘ida sodir etildi. Tungi soatlarda qurolli guruh uyga bostirib kirib, oila a'zolarini o‘qotar qurol bilan o‘ldirgan.

Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlab yuborildi.

Top